Samarqandda 2026-yil 13-15-may kunlari "Hayot formulasi 45+: salomatlik, donolik, go‘zallik" II Ayollar forumi va "Menopauzadagi ayollar muammolari - yechimga fanlararo yondashuv" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Forum ayollar salomatligining dolzarb masalalarini muhokama qilish, kasbiy tajriba almashish va menopauza davridagi ayollarda kasalliklarni tashxislash, oldini olish va davolashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish uchun muhim maydonga aylandi.
Tadbirda tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi mutaxassislar, olimlar va amaliyotchi shifokorlar ishtirok etdi. Konferensiya davomida keksa ayollarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy ilmiy ma’lumotlar, xalqaro tavsiyalar va innovatsion usullar taqdim etildi.
Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi fanlararo hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ayollar salomatligini muhofaza qilish tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foto lavhalar