FILIAL HAQIDA

15-10-2026 331
Ulashish:
FILIAL HAQIDA

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filiali (keyinchalik matnda markaz) sog'liqni saqlash bo'yicha uchinchi  darajadagi ixtisoslashgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko’rsatuvchi tibbiyot markazi hisoblanib, o'z faoliyati bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Sog’liq bo'ysunadi. Markaz faoliyatini boshqa davlat idoralari, jumladan davlat muassasalari, Samarqand viloyati va  shahrining ijro etuvchi hokimiyat idoralari, shuningdek boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birga olib boradi.

Markaz faoliyati O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa rasmiy hujjatlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining buyruq va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va buyruqlari, shuningdek boshqa qonuniy hujjatlar, O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirlgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi buyruqlari, xalqaro shartnomalar, shuningdek ushbu Nizom asosida yuritiladi.

Markaz yuridik shaxs bo'lib, o'ziga tegishli mulkni, kirim – chiqim harajatlarini, bankdagi hisob –kitoblarni boshqarish va o'z nomi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi gerbining tasviri tushirilgan muhrga egalik qilish huquqiga ega.

1989–1995-yillar Birinchi rahbarlikni Soy Vladimir Ivanovich amalga oshirdi.
1995–2001-yillar Mellikulov Xolmurod Melikulovich lavozimda bo‘lgan.
2001–2002-yillar Ergashev Sherali Mavlonovich rahbarlik qilgan.
2004–2005-yillar rahbarlik Sobirova Sayyora Ergashevnaga o‘tdi.
2005–2009-yillar Axtamova Zamira Maqsudovna lavozimida ishlagan.
2009–2014-yillar Egamqulov Zaynidin Toshmuhamedovich rahbar bo‘lgan.
2014–2018-yillar Jumanov Baxtiyor Abdurazoqovich boshqargan.
2018-yildan hozirgi kungacha: Tashkilotni Xamroyeva Lola Kaxorovna boshqaradi.