«Oila va nikoh» ilmiy-maslahat poliklinikasi

29-01-2026 278
Ulashish:

"RIOvaBSIATM" DMning "Oila va nikoh" ilmiy-maslahat poliklinikasi ambulator bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan muassasadir.

Poliklinikaning asosiy vazifalari:

  • o‘smir qizlar, fertil va perimenopauza yoshidagi ayollar, homiladorlar, reproduktiv tizimi patologiyasi bo‘lgan erkaklar bilan malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish
  • ginekologik kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy usullarini sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish
  • sanitariya-gigiyena bilimlarini va sog‘lom turmush tarzini, to‘g‘ri ovqatlanishni, ona suti bilan oziqlantirishni targ‘ib qilish
  • ayolning reproduktiv funksiyasini saqlash va tiklash
  • yuqori xavfli homiladorlikni olib borish
  • prenatal diagnostika

Poliklinikada qabulni quyidagilar olib boradi:

  • Akusher-ginekologlar
  • Urolog-androloglar
  • Genetik shifokor
  • Terapevt
  • Nefrolog
  • Kardiolog
  • Bolalar va kattalar nevrologlari
  • Stomatolog
  • Endokrinolog
  • Dermatovenerolog
  • Proktolog