Yangiliklar. Samarqand filialida saraton oldi kasalliklarini erta aniqlaş böyiça öquv-seminar va amaliy trening ötkazildi

12-11-2026 23
Ulashish:
Yangiliklar. Samarqand filialida saraton oldi kasalliklarini erta aniqlaş böyiça öquv-seminar va amaliy trening ötkazildi

2026-yil 12-noyabr kuni Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialida «IGCS (International Gynecologic Cancer Society) — saraton oldi kasalliklari böyiça öquv kursining III bosqiçi doirasida amaliy könikmalarni mustahkamlaş va yakuniy imtihon topşiriş» mavzusida öquv-seminar va amaliy trening bölib ötdi.
Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi «Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-402-son qarori ijrosini ta’minlaş doirasida taşkil etildi.
Öquv dasturi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi hamda AQŞning Yuta universiteti (University of Utah) bilan hamkorlikda amalga oşirilmoqda. Uning asosiy maqsadi akuşer-ginekolog şifokorlarning baçadon böyni va sut bezi saratoni skriningi böyiça kasbiy bilim va amaliy könikmalarini takomillaştirişdan iborat.
Öquv-seminarda Markazning barça hududiy filiallaridan mahalliy mentorlar va ekspert-kuzatuvçilar, Samarqand viloyati tuman (şahar) köp tarmoqli markaziy poliklinikalarining onkoskrining xonalarida faoliyat yurituvçi 17 nafar akuşer-ginekolog şifokor, şuningdek, Markaz kuratorlari iştirok etdilar.
Tadbir davomida mutaxassislarning amaliy könikmalarini takomillaştiriş, saraton oldi kasalliklarini zamonaviy yondaşuvlar asosida aniqlaş, skrining tekşiruvlarini samarali taşkil etiş hamda patologik özgarişlarni erta bosqiçlarda aniqlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Öquvning amaliy qismi va yakuniy imtihon jarayoni iştirokçilarga egallagan bilimlarini mustahkamlaş, öz kasbiy mahorati va amaliy könikmalarini namoyon etiş imkonini berdi.
Bunday öquv tadbirlari xotin-qizlarga körsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oşiriş, xalqaro tajriba va zamonaviy tibbiy yondaşuvlarni amaliyotga joriy etiş, şuningdek, soğliqni saqlaş tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kasallikni erta aniqlaş — öz vaqtida davolaş va ayollar salomatligini asraşning muhim garovidir!

Foto lavhalar

Gallery image 1
Gallery image 2
Gallery image 3
Gallery image 4
/