O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22 noyabrdagi “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatidagi onkonazorat kabinetida faoliyat yuritayotgan akusher-ginekologlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning Samarqand filiali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
Tadbir davomida suyuqlik sitologiyasi hamda odam papilloma virusini (OPV) PSR usulida aniqlash uchun surtma olish texnikasi bo‘yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, sitologik surtmalarni Bethesda tizimi asosida baholash va interpretatsiya qilish tartibi atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur seminar ayollar salomatligini muhofaza qilish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Foto lavhalar